Ustozni top. Yonida yurib o'rgan.
Kitobdan o'qib bo'lmaydigan narsalar bor. Mash'al sizni sohasida haqiqatan ishlayotgan ustoz bilan bog'laydi — bir kunlik kuzatuvdan uzoq muddatli shogirdlikkacha.
Sohalar
Qaysi hunarni o'rganmoqchisiz?
Har sohada o'z ustalari bor. Ro'yxat kengayib boradi.
Tibbiyot
Operatsiya kuzatuvi, palata amaliyoti, laboratoriya
12 ta yo'nalish
IT va dasturlash
Haqiqiy loyihada kod yozib o'rganish
7 ta yo'nalish
Hunarmandchilik
Ustaxonada qo'l bilan o'rganiladigan kasblar
7 ta yo'nalish
Dizayn
Portfolio yig'ib, buyurtmachi bilan ishlashni o'rganish
6 ta yo'nalish
Oshpazlik
Oshxonada smena bilan yurib o'rganish
5 ta yo'nalish
Qurilish
Obyektda usta yonida o'rganish
Tez oradaBiznes
Tadbirkor yonida ishning ichki tomonini ko'rish
Tez oradaQanday ishlaydi
Ikki tomon uchun ham sodda
- 1
Ro'yxatdan o'ting
Yoshingiz, qayerda o'qishingiz va nechanchi kursligingizni yozasiz, rasmlaringizni qo'yasiz.
- 2
Ustoz tanlang
Soha, shahar, tajriba yili va narx bo'yicha filtrlang. Har profilda haqiqiy shogirdlarning sharhi bor.
- 3
Ariza yuboring
Bir kunlik kuzatuvmi yoki uzoq muddatli shogirdlikmi — o'zingiz tanlaysiz. Ustoz javob beradi.
- 4
Boring va o'rganing
Har kelganingiz Face ID bilan qayd etiladi, soatlaringiz Mash'al pasportingizga yoziladi.
- 1
Profil oching
Sohangiz, necha yildan beri ishlayotganingiz, ish joyingiz va nimalarni o'rgata olishingiz.
- 2
Tasdiqdan o'ting
Diplom yoki sertifikatingizni yuklaysiz — moderator ko'rgach profilingizda “Tasdiqlangan ustoz” nishoni chiqadi.
- 3
Shogird tanlang
Arizalarni ko'rib chiqasiz. Nechta shogird olishingizni o'zingiz belgilaysiz.
- 4
Kuzatib boring
Panelda kim keldi, qachon keldi, necha soat ishladi — hammasi ko'rinadi. Yaxshi ishlaganni rag'batlantirasiz.
Bir kunlik shogirdlik
1-kurs talabasi ham operatsiyani ko'ra oladi
Uzoq muddatli shogirdlikka tayyor emasmisiz? Bir kunga boring. Ustoz e'lon qo'yadi, siz joy bron qilasiz — to'lov kun o'tgunicha ushlab turiladi.
- 🎫
QR chipta
Bron tasdiqlangach chipta keladi — ustoz eshik oldida skanerlaydi.
- 🔒
To'lov himoyada
Pul kun yakunlanmaguncha ushlab turiladi. Kun bo'lmasa — qaytariladi.
- 📜
Kuzatuv sertifikati
Kundan keyin ustoz imzolagan QR sertifikat pasportingizga tushadi.
- ⚖️
Qoidalar aniq
Tibbiyotda: bemor roziligi, maxfiylik shartnomasi va sanitariya talablari majburiy.
Laparoskopik xoletsistektomiya
Bobur Aliyev · Umumiy jarroh
- Sana va vaqt
- 25-oktabr, 08:00
- Davomiyligi
- 4 soat
- Joy
- RSHTYoM, Toshkent
- Narx
- 150 000 so'm
- ✓ Sanitariya kitobchasi talab qilinadi
- ✓ Maxfiylik shartnomasi imzolanadi
- ✓ Kamida 1-kurs talabasi
- 4s 12d
Murod Abdirashitov
Keldi 08:02 · Ketdi — hozir ishda
- 4s 30d
Zilola Shukurboyeva
Keldi 08:00 · Ketdi 12:30
- Kechikdi3s 00d
Aziz Rustamov
Keldi 09:14 · Ketdi — hozir ishda
Face ID davomat
Kim keldi, qachon keldi, necha soat ishladi
Shogird ish joyiga kelib telefon kamerasiga qaraydi — vaqt avtomatik yoziladi. Ustoz hech narsa hisoblab o'tirmaydi.
GPS geofence
Faqat ish joyi hududida check-in qilinadi — uydan turib bo'lmaydi.
Tiriklik tekshiruvi
Ko'z pirpiratish so'raladi — fotosurat bilan aldab bo'lmaydi.
Rasm saqlanmaydi
Faqat 128 raqamli matematik iz saqlanadi, roziligingiz bilan. Xohlagan payt o'chirasiz.
Zaxira usul
Kamera ishlamasa QR kod yoki 6 xonali PIN bilan belgilanadi.
Mash'al pasporti
Har bir soat hujjatga aylanadi
Shogirdlik tugagach ustoz imzolaydi — QR bilan tekshiriladigan sertifikat chiqadi. Diplomdan tashqari, haqiqatan nima qila olishingizni ko'rsatadigan hujjat.
- ✓ Umumiy soat, ustozlar va ko'nikmalar ro'yxati
- ✓ Kunlik ish jurnali — ustoz tasdiqlagan yozuvlar
- ✓ Ustoz tavsiyanomasi (reference)
- ✓ Ishga kirishda yoki chet el dasturiga hujjat sifatida
Mash'al pasporti
Murod Abdirashitov
Pediatriya · 3-kurs · Toshkent tibbiyot akademiyasi
- 📜
Operatsiya kuzatuvi
24 soatBobur Aliyev
- 📜
Poliklinika amaliyoti
64 soatNilufar Rahimova
- 📜
Birinchi yordam
60 soatBobur Aliyev
Ustozlar
Eng yuqori baholi ustozlar
Sharhlarni faqat haqiqatan shogird bo'lganlar yoza oladi.
- Tajriba
- 20 yil
- Baho
- 0.0
- Shogird
- 0
🩺 Umumiy jarrohlik · Toshkent
Toshkent shahar 1-sonli klinikasi
Bir kunlik · Qisqa muddat · Uzoq muddat
Bepul o'rgatadi
Mash'alni birinchi bo'lib qo'lga oling
Ustoz bo'lib bilimingizni uzating yoki shogird bo'lib hunar o'rganing — ikkalasi ham bir necha daqiqada boshlanadi.